Central AsianResearch Index

Vagonlarni yuk ortish-tushirish frontlariga olib kirib berish va olib chiqish ketma-ketligini tanlash

Yuk tashish jarayonlarining optimal tashkil etilishi temir yo‘l infratuzilmasidan oqilona foydalanish,vagonlarni turib qolish vaqtini qisqartirish va logistika xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasbetadi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyalarida yuk ortish-tushirish frontlariga xizmat ko‘rsatish ketmaketliginibelgilash muammosi ko‘rib chiqilgan. Shartli “A” temir yo‘l stansiyasi misolida olib borilgantadqiqotda vagonlarni olib kirib berish variantlari tahlil qilinib, vagon-soat ko‘rsatkichlari asosidaoptimal ketma-ketlik aniqlangan. Ishlab chiqarish sharoitida bir nechta yuk obyektlariga vagonlarniuzatish masalasi paydo bo‘lganda ortish-tushirish frontlariga xizmat ko‘rsatishning optimal navbatinitanlash jarayonini avtomatlashtirish tavsiya etilgan. Tadqiqotda kombinatorika, analitik hisoblash vavizual taqqoslash usullaridan foydalanilgan. Natijalar yuk tashish jarayonlarida samaradorlikni oshirishimkonini beradi. Maqola temir yo‘l transporti sohasidagi mutaxassislar, logistika menejerlari vatadqiqotchilar uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga molikdir.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 2, С. 172-176
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University