Central AsianResearch Index

Vagon-sisternalarni yuvuvchi ishchi-xodimlar mehnat sharoitini integral baholash natijalarini tahlili (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Oltiariq vagonlarni yuvish korxonasi misolida)

Maqolada Oltiariq vagonlarni yuvish korxonasi vagon-sisternalarni yuvuvchilarini mehnat sharoitini gigienik baholash bo‘yicha tuzilgan mehnat sharoiti xaritalarini tahliliga oid ma’lumotlar keltirilgan. Vagon-sisternalarni yuvish joylaridagi ishchilarni mehnat sharoitini umumiy gigienik bahosi 3.3- sinfga mos keladi; ish o‘rniga mos bo‘lgan kafolatlar va preferensiyalar aniqlandi, vagon-sisternalar yuvuvchilarni har yilgi qo‘shimcha ta’tilining davomiyligi, kunlar hisobida 7-12 kungacha bo‘lishi lozim, ularni lavozimi, talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo‘lganda, umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar 3-ro‘yxatiga kiradi; charchash holati 16 foiz, ish qobiliyati qulay sharoitdagi ish qobiliyatini 84 foiziga teng, mehnat sharoiti bo‘yicha vagon-sisternalar yuvuvchilari oylik lavozim maoshiga qo‘shimcha 12% ustama (kompensatsiya) to‘lanishi lozim.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 1, С. 228-231
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University