Central AsianResearch Index

Mikro GES asinxron generatorini kondensator elementlari orqali qo‘zg‘atish va chiqish kuchlanishini rostlash

Ushbu maqolada mikro GES asinxron generatorining kondensator elementlari orqali qo‘zg‘atilishi va chiqish kuchlanishini rostlash usullari o‘rganildi. Asinxron generatorlarning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni va ularning chiqish parametrlariga kondensator sig‘imi ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sig‘imning oshishi generatorning chiqish kuchlanishi va quvvati oshishiga olib kelishi aniqlandi. Bundan tashqari, chiqish kuchlanishi va toki ossillogrammalari, shuningdek, kondensator sig‘imi va chiqish parametrlarining o‘zaro bog‘liqligi grafik va jadvallar yordamida tahlil qilindi. Olingan natijalar asinxron generatorlarning mikro GESlarda samarali qo‘llanilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 2, № 1, С. 130-133
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University