Central AsianResearch Index

Yo‘lovchi transportida xizmat ko‘rsatish sifat parametrlari va ularning og‘irligini aniqlash

Yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini baholashni tadqiqotchilar turli parametrlar bilanifodalaganlar, shuningdek turli davlatlarning me’yoriy xujjatlarida ham turli parametrlar (guruhi) hisobgaolingan. Maqola O‘zbekiston uchun yo‘lovchi transporti xizmati sifatini belgilovchi parametrlarni(guruhi) va ularning og‘irligini aniqlash hamda aniqlangan eng og‘ir parametr (guruhi) bo‘yichayo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholash usulini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Shu sababdan,maqolada yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha dunyo tadqiqotchilaritadqiqotlari o‘rganilgan, shuningdek xorij davlatlarining me’yoriy xujjatlari tahlil qilingan. Tahlilnatijalari asosida O‘zbekiston uchun yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini belgilovchiparametrlar guruhi hamda uni tashkil etuvchilari aniqlangan va uning iyerarxiyasi tuzilgan. Transportxizmati ko‘rsatish sifatini belgilovchi parametrlar guruhi tahlil va ekspert so‘rovi usullari asosida asosiyva zarur hollarda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan parametrlar guruhiga ajratilgan. Shuningdek, ekspertso‘rovi usuli yordamida eng og‘ir “Xavfsizlik” parametri (guruhi) ekanligi aniqlangan. “Xavfsizlik”parametri (guruhi) bo‘yicha yo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholash usuli takomillashtirilgan.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 1, № 2, С. 50-55
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2438 · 3060-5164
Издатель
Tashkent State Transport University