Dvigatel validagi burovchi momentni purkalayotgan yonilg‘i miqdori bo‘yicha aniqlash
Ushbu maqola avtomobillarning ma’lum texnik xususiyatlariga ega transport ishlarida avtomobilning fizik ishini aniqlash uchun hisoblash usulini izlashga bag‘ishlangan. Odatdagidek, ishlab chiqaruvchi dvigatel, transmissiya, shassi va umuman avtomobilning ishlashini taqdim etadi. Ushbu parametrlar standart sinov joylarida avtomobilning fizik transport ishi va energiya samaradorligini, shuningdek, muayyan ish sharoitlarini aniqlash uchun etarli. Maqolada elektron boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan transport va texnologik transport vositalarining dvigatelining validagi burovchi momentning qiymatini purkalayotgan yonilg‘i miqdori bo‘yicha aniqlash tahlil qilindi. Dvigatel quvvatidan foydalanish koeffitsentlariniing taqqosiy usullari, yo‘l parametrlarining purkalayotgan yonilg‘i miqdoriga tasiri va transport ishini aniqlash usbulari tahlil qilindi. Dvigatelning ishlash jarayonining yoqilg‘i purkash parametrlarini elektron boshqaruv bloki yordamida olingan qiymatlar asosida amalga oshiriladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2024 · Т. 1, № 2, С. 154-157
- Язык
- Узбекский
- ISSN
- 2181-2438 · 3060-5164
- Издатель
- Tashkent State Transport University