Central AsianResearch Index

YONG’OQ AYRIM NAVLARI MEVA PARDASINING ANTIRADIKALLIK FAOLLIGI

Ushbu tadqiqotda yong‘oq (Juglans regia L.) mevasining turli 4 xil nav(Ideal, Gretsiya, Chandler, Pechen)larining meva mang’izlari orasidagi pardaning in vitro sharoitida 2,2-difenil-1-pikrilgidrazil (DPPH) radikali yordamida antioksidant faolligi o‘rganildi. Binafsha rangli DPPH eritmasining rangsizlanishi yong‘oq meva pardasida mavjud bo‘lgan vodorod atomini yoki elektronni beruvchi tabiiy antioksidant birikmalar mavjudligini aniqlash imkonini berdi. Barqaror DPPH radikali spektrofotometrik usulda reagent sifatida ishlatilgan bo‘lib, yong‘oqning 4 xil nav(Ideal, Gretsiya, Chandler, Pechen)larining meva pardasi ekstraktlarining nur yutilishi o‘lchandi va ularning antioksidant faolligi solishtirildi. Natijalar yong‘oq meva pardasining turli navlarida fenollik birikmalar, flavonoidlar, tanininlar, vitamin-C, E va bioaktiv moddalar kontsentratsiyasi farqliligini ko‘rsatdi, bu ularning tabiiy antioksidant manbai sifatidagi potentsialini tasdiqlaydi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 5, № 3, С. 236-267
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM