Central AsianResearch Index

TOG‘RAYHON (Ocimum basilicum L.) VA DAFNA (Laurus nobilis L.) EKSTRAKTLARINING ANTIRADIKAL FAOLLIGINI BAHOLASH

Mazkur tadqiqotda Tog‘rayhon (Ocimum basilicum L.) va Dafna (Laurus nobilis L.) o‘simliklari ekstraktlarining antiradikallik faolligi DPPH (2,2-difenil-1-pikrilgidrazil) usuli yordamida baholandi. O‘simliklardan turli nisbatlarda spirtli ekstraktlar tayyorlanib, ularning erkin radikallarni tutib qolish qobiliyati spektrofotometrik usul asosida aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekstraktlar konsentratsiyaga bog‘liq holda antiradikallik faollik namoyon qildi. 1:1 nisbatdagi spirtli ekstrakt uchun 30 daqiqalik tahlilda maksimal antiradikallik faolligi 5,08 % ni tashkil etdi. Hisoblangan IC₅₀ qiymati 973,55 mkl ga teng bo‘ldi. Olingan natijalar Tog‘rayhon va Dafna ekstraktlari tabiiy antioksidant manbai sifatida istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 5, № 3, С. 311-329
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM