Central AsianResearch Index

SUVQALAMPIRI (PERSICARIA MINOR) BARGI VA ODDIY SACHRATQI (CICHORIUM INTYBUS L) POYASINING ANTIRADIKALLIK FAOLLIGINI ANIQLASH.

Ushbu maqolada suvqalampir (Persicaria minor) barglari va oddiy sachratqi (Cichorium intybus L) poyalaridan turli nisbatlarda tayyorlangan spirtli ekstraktlarning antiradikallik faolligi DPPH usuli yordamida baholandi. Ekstraktlarning erkin radikallarni to‘xtatish qobiliyati DPPH eritmasining yorug‘lik yutilishini pasaytirishi orqali aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, barg va poya ekstrakti 1:1 nisbatda eng yuqori faollikni namoyon etdi: ARF 45,80% ni, IC50 esa 30 daqiqadan so‘ng 108,77 mkl ni tashkil etdi. 3:1 va 1:3 nisbatlardagi ekstraktlar ham antioksidant xususiyatga ega bo‘ldi, biroq 1:1 nisbat eng samarali ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar suvqalampir ekstraktlarining tabiiy antioksidant sifatidagi salohiyatini tasdiqlaydi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 5, № 1, С. 106-132
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM