Central AsianResearch Index

PLANTÁGO BARGI EKSTRAKTI TABIIY ANTIOKSIDANT MANBAI SIFATIDA

Ushbu tadqiqotda Plantágo (Plantago major) bargi ekstraktining anti-radikal faolligi (ARF%) turli konsentratsiyalar (0,25; 0,5; 0,75 va 1,0 mg/ml) va vaqt oralig‘ida (0–30 daqiqa) baholandi. Olingan natijalar ekstraktning konsentratsiya va vaqtga bog‘liq ravishda kuchli antioksidant xususiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Dastlabki bosqichda (0 daqiqa) ARF% o‘rtacha 66,4% ni tashkil etgan bo‘lsa, 15–30 daqiqalarda ko‘rsatkich barqarorlashib 73–77% oralig‘ida saqlanib qoldi. Eng yuqori antioksidant faollik 0,75 mg/ml konsentratsiyada kuzatildi (85,0%). Umumiy o‘rtacha ARF% qiymati 73,67% ni tashkil etdi. Ushbu natijalar Plantágo ekstraktining erkin radikallarni samarali neytrallash qobiliyatiga ega bo‘lib, tabiiy antioksidant sifatida farmatsevtika va nutrasevtika sohalarida istiqbolli qo‘llanilishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № 4, С. 103-114
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM