Central AsianResearch Index

VO (II) VA Ni (II) LARNING GLUTAR KISLOTASI VA NIKOTINAMID BILAN KOORDINATSION BIRIKMALARI

VO (II) va Ni (II) ning glutar kislotasi va nikotinamid bilan aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintez qilindi. Olingan komplekslarning elementar tarkibi va ba'zi fizik-kimyoviy xossalari o'rganildi. Birikmalarning tozaligi va individualligini aniqlash uchun boshlang'ich moddalar va ularning komplekslari rentgenogrammalari olindi. Komplekslar va ligandlarning rentgenogrammalari keskin farqi ularning individualligi va tozaligini ko'rsatdi. IQ-spektroskopiya va termik tahlil yordamida glutar kislota karboksil guruhining kislorod atomlari va nikotinamid orqali karbonil kislorod atomi ishtirokida tetradentat ravishda deprotonlangan shaklda metallga koordinatsiyalanganligi aniqlandi. Komplekslarning polimer tuzilishi tahmin qilindi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № 4, С. 14-37
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM