Central AsianResearch Index

SOXTA KASHTAN VA SARIMSOQ PIYОZ ANTIRADIKALLIK FAOLLIGINI ANIQLASH

Mazkur ilmiy ishda soxta kashtan (Aesculus hippocastanum) va sarimsoq piyoz (Allium sativum) o‘simliklarining ekstraktlari asosida ularning antiradikallik (antioksidant) faolligi o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu o‘simliklardagi biofaol birikmalar, xususan, flavonoidlar, fenolik birikmalar va organik oltingugurtli moddalarning erkin radikallarni neytrallash qobiliyatini aniqlashdan iborat. Ish davomida DPPH (2,2-difenil-1-pikrilgidrazil) testi yordamida antiradikallik faollik baholandi. Natijalarga ko‘ra, sarimsoq piyoz ekstraktida yuqori antioksidant faollik kuzatildi, bu esa uning tibbiyot va farmatsevtikada tabiiy antioksidant sifatida qo‘llanilish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot natijalari fitopreparatlar ishlab chiqarishda tabiiy antioksidant manbalarini aniqlash va qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № 1, С. 120-138
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM