Central AsianResearch Index

TARAXACUM OFFICINALE WIGG O‘SIMLIGI ELEMENT TARKIBI ANALIZI

Taraxacum officinale WIGG bahorgi va kuzgi namunalarning barglari, gullari va ildizlarining element tarkibi induktiv bog‘langan argon plazmasi bilan optik emissiya spektrometriyasi yordamida o‘rganildi va K, Na, Mg, Ca, Fe, Si, va Ni element dominantlik qilishi ko‘rsatildi. O‘rganilayotgan ob‘ektning barcha qismlari Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridan terilgan. Ushbu o‘simlik makro va mikroelementlar bilan boy ekanligi tajriba yordamida aniqlandi. Olingan maʼlumotlar T. officinale oʻsimligining barcha qismlari mineral elementlarning istiqbolli manbai boʻlib, ular asosida yangi oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqish uchun foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № 1, С. 86-108
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM