Central AsianResearch Index

“ASKARUN” VA “ASKARUFEN” OZIQ-OVQAT QO’SHILMALARINING ANTIRADIKAL FAOLLIGI

Maqolada yangi ishlab chiqilgan shifobaxsh “Askarun” va “Askarufen” oziq-ovqat qo’shilmalarining hamda ularni tashkil qilgan tarkibiy qismlarning antiradikal faolligini 2,2-difenil-1-pikrilgidrazil radikalini so’ndirish usulida baholash bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari bayon qilingan. “Askarun” oziq-ovqat qo‘shilmasiniing antiradikallik faolligini darajasi uning tarkibini tashkil etuvchi anjir (Ficus carica L.) va chilonjiyda (Zizifus jujuba Mill.) mevalarining antiradikallik faolliklari qiymati orasida ekanligi aniqlangan. Chilonjiyda, kashnich (Coriandrum sativum) yer ustki qismi, arpabodyom (Foeniculum vulgare Mill.) urug’idan aralasmasidan tayyorlangan “Askarufen” oziq-ovqat qo‘shilmasi bu uchala o‘simliklarning antiradikallik faolliklaridan yuqori natijani ko’rsatgan. Bu esa mazkur oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibining optimal tarkib ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Сведения

Опубликовано
2024 · Т. 3, № 4, С. 116-133
Язык
Узбекский
Цитирований
5
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM