Central AsianResearch Index

GÁLIUM APARÍNE O’SIMLIGINING AYRIM SIFAT VA MIQDOR KO’RSATKICHLARI

Gálium aparíne (Chakamug’) o’simligining xalq tabobatida o’t ajralishini kuchaytirishi, spazmolitik, antiallergik va shamollashga qarshi ta’sir qilishi, o’t qopi tonusini normallashtirishi, oshqozon bezlari va oshqozon funktsiyasini faollashtirishi hamda organizmdan turli xil o’t pigmentlarini va toksinlarning chiqarilishini tezlashtirishi kabi foydali xususiyatlari yuqori ekanligi adabiyotlar sharhidan o’rganildi. Gálium aparíne o’simligining namlik miqdorini aniqlash XI DF talablariga muvofiq olib borildi. Olib borgan tadqiqotimiz natijasida, Gálium aparíne o’simligida 7,1 % namlik ko’rsatkichlari aniqlandi. Ushbu namliklar qo’yilgan talablarga to’la mos kelishi tajribalar asosida isbotlandi.

Сведения

Опубликовано
2023 · Т. 2, № 5, С. 103-112
Язык
Узбекский
ISSN
2181-2977
Издатель
Tabobat akademiyasi NTM