Central Asian Research Index

YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2023, т. 1, № 10, с. 405-406

MEHNAT BOZORINING RAQAMLASHGAN IQTISODIYOTDAGI STATISTIK MASALALARI

A. Abduvohidov

Tashkent State University of Economics

Аннотация · Abstract

Hozirgi iqtisodiy rivojlanish sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solish mexanizmlarida faoliyat yuritishining obyektiv qonuniyatlarida xo‘jalik va jamiyat hayotini raqamlashtirilishi bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida milliy iqtisodiyotda mehnat bozori mehnat va ish o‘rinlarini taqsimlash mexanizmi sifatida nafaqat talab va taklifning umumiy nazariyasi doirasida, balki jamiyatning iqtisodiy resurslarini iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va sohalari tizimida qayta taqsimlash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Hozirgi vaqtda turli tarkibiy tasnifdagi katta hajmdagi ko‘p turdagi ma’lumotlarga ishlov berishning o‘ziga xos sohasi sifatida qaraladigan, axborot va raqamli texnologiyalar qo‘llaniladigan sanoat hamda xo‘jalik ijtimoiy faoliyat obyektlari shunday yo‘nalish va sohalar hisoblanadi.

Сведения · Details