INVESTITSION VA INNOVATSION JARAYONLAR O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIKNI EKONOMETRIK TAHLIL QILISH
Mazkur maqolada innovatsion faoliyat va investitsiya jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ekonometrik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlari, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, yalpi ichki mahsulot hamda sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilindi. Tahlilda deskriptiv statistika, korrelyatsiya tahlili hamda logarifmik trend regressiya modeli qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari innovatsion faoliyat bilan investitsiyalar, yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Shuningdek, regressiya tahlili natijalari innovatsion faoliyatning vaqt davomida barqaror o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini tasdiqladi. Olingan natijalar investitsiya jarayonlari va sanoat rivojlanishi innovatsion faoliyatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari asosida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, investitsiya jarayonlarini faollashtirish hamda sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 6, № 10
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Тoшкент дaвлaт иқтиcoдиёт универcитети