QISHLOQ XO‘JALIGIDA QO‘SHIMCHA VA YONDOSH MAHSULOTLARNI IKKILAMCHI RESURS SIFATIDA HISOBGA OLISH, BAHOLASH VA ULARDAN FOYDALANISHNI HUJJATLASHTIRISH
Maqolada qishloq xo‘jaligida asosiy mahsulotdan tashqari olinadigan somon, go‘ng va boshqa mahsulotlarning bo‘linish nuqtasidan keyingi hisob maqomi, baholanishi va harakatini hujjatlashtirish masalalari tadqiq etilgan. Qo‘shimcha mahsulot, yondosh mahsulot, ikkilamchi resurs va chiqindi maqomlari hamda maqomni aniqlashning to‘rt bosqichli algoritmi taklif etilgan, unda asosiy mezon - foydalanishning hujjatlashtirilishi. Partiyalar bo‘yicha hisob, davr oxirida boshlang‘ich baho va realizatsiya qilishning sof qiymatining kichigi bo‘yicha baholash, sotishning quyi narx chegarasi, birlamchi hujjatlar va buxgalteriya yozuvlari tizimi asoslangan. Samarqand viloyatidagi xo‘jaliklarning 1C ma’lumotlari yondosh mahsulotlar bozori faolligini va ularni hisobda nol qiymatda yuritishga asos yo‘qligini ko‘rsatadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 6, № 10
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Тoшкент дaвлaт иқтиcoдиёт универcитети