Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 09, с. 244-254

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION LOYIHALAR TAHLILI

Umirova Dilnoza Safarovna

Аннотация · Abstract

Maqolada Oʻzbekiston turizmida joriy etilgan raqamli texnologiyalar va innovatsion loyihalar sayyoh sayohatining besh bosqichi kesimida tahlil qilindi. Muallif elektron turizm va aqlli turizm nazariyalariga tayanib, raqamli texnologiyalarning sayohatdan oldingi, sayohat davomidagi va sayohatdan keyingi bosqichlar boʻyicha tasnifini ishlab chiqgan. Ochiq rasmiy manbalar asosida elektron viza, E-MEHMON, temir yoʻl chiptalarini onlayn sotish, virtual muzeylar, xavfsiz turizm sertifikatlash tizimi va tax free kabi loyihalar inventarizatsiya qilindi. Bosqichlarni qamrab olish darajasiga asoslangan destinatsiya raqamli yetukligi indeksi taklif etildi va uning qiymati 0,80 ga teng ekani aniqlandi. Muqobil vaznlarda indeks qiymati 0,68-0,81 oraligʻida barqaror qoldi. Bron qilish, harakatlanish va tajriba bosqichlari toʻliq qamrab olingani, sayohatdan keyingi fikr-mulohaza va sunʼiy intellekt asosidagi xizmatlar esa kelgusi oʻsish zaxirasi ekani asoslandi. Natijalar asosida yagona turizm maʼlumotlar platformasini shakllantirish va sayyohlar fikr-mulohazalarini tahlil qilish boʻyicha takliflar berildi.

Сведения · Details