Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 09, с. 238-243

INNOVATSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Nishonov Jahongir Muhiddinovich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada innovatsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlarining iqtisodiy mazmuni, asosiy manbalari va zamonaviy shakllari tizimli tahlil qilinadi. Innovatsion loyihalarning yuqori noaniqlik, uzoq muddatli investitsiya ehtiyoji, garov ta’minotining cheklanganligi va tijoratlashtirish risklari bilan tavsiflanishi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish zaruratini kuchaytiradi. Tadqiqotda korxonaning o‘z mablag‘lari, davlat moliyalashtirishi, bank kreditlari, xususiy investitsiyalar, venchur kapitali, kraudfanding, davlat-xususiy sheriklik va aralash moliyalashtirish mexanizmlarining afzallik hamda cheklovlari qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, innovatsion loyihaning hayotiy sikliga mos moliyaviy instrumentlarni tanlash, risklarni davlat va xususiy sektor o‘rtasida taqsimlash hamda moliyalashtirish samaradorligini tijoratlashtirish natijalari orqali baholashning ahamiyati asoslandi. O‘zbekiston sharoitida davlat mablag‘lari xususiy kapitalni siqib chiqarmasdan, aksincha, uni innovatsion sektorga jalb qiluvchi katalizator vazifasini bajarishi lozimligi ta’kidlanadi.

Сведения · Details