Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 09, с. 140-146

B2B BOZORIDA MARKETING STRATEGIYALARINI QO‘LLASH MEXANIZMINI ISHLAB CHIQISH YO‘NALISHLARI

Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘li

Аннотация · Abstract

Maqolada B2B bozorida marketing strategiyalarini amaliyotga tatbiq etishning yaxlit mexanizmini shakllantirish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, hududiy iqtisodiyotlarda, jumladan Xorazm viloyatida, B2B marketing vositalaridan tizimli foydalanish o‘rniga bir-biri bilan bog‘lanmagan alohida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqot maqsadi — institutsional-tashkiliy, strategik-marketing, raqamli-texnologik va monitoring-baholash komponentlaridan iborat kompleks mexanizmni asoslash. Nazariy-tahliliy, qiyosiy-institutsional va statistik tahlil usullari asosida to‘rt komponentli va to‘rt bosqichli mexanizm modeli ishlab chiqilgan, har bir element xalqaro tajriba va milliy statistik ma’lumotlar bilan asoslangan.

Сведения · Details