Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 09, с. 108-117
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI CHAKANA XIZMATLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA IQTISODIY SAMARADORLIGINI KOMPLEKS BAHOLASH
Аннотация · Abstract
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida raqamli chakana xizmatlarning 2021-2025 yillardagi rivojlanishi o‘rganilgan. Jismoniy shaxslarning bank mobil ilovalari orqali amalga oshirgan operatsiyalari hajmi, muomaladagi bank kartalari soni va terminallar bo‘yicha ko‘rsatkichlari qiyoslangan. Mobil operatsiyalar qiymatining o‘rtacha yillik o‘sishi nominal ifodada 82,6 foizni, inflyatsiya ta’siridan tozalanganda esa 66,7 foizni tashkil etgani aniqlangan. Mobil operatsiyalar qiymati o‘sishini xizmatlarning sof iqtisodiy samarasiga tenglashtirmaslik zarurligi asoslangan. Qamrov, operatsiyaviy samaradorlik, moliyaviy natija hamda xizmat sifati va risk bloklarini birlashtiruvchi kompleks baholash tartibi va uning formal modeli taklif qilingan. Ochiq axborot kanal bo‘yicha xarajat va daromadlarni ajratmagan sharoitda mazkur tartibning qaysi qismini hisoblash mumkinligi va qaysi qismi bankning ichki ma’lumotlarini talab etishi aniq ko‘rsatilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol6_iss09/1506
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0