Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 09, с. 46-54

MINTAQALARNING TABIIY-RESURS SALOHIYATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI STRATEGIK BAHOLASH METODOLOGIYASI

Ernazarova Nilufar Nozimjonovna

Аннотация · Abstract

Maqolada mintaqalarning tabiiy-resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini strategik baholash metodologiyasi ishlab chiqildi. Tizimli yondashuv, resurs zanjiri tahlili va koeffitsiyentlar usulidan foydalanildi. Baholash qazib olish, qayta ishlash, resurs rentasini qayta investitsiyalash va qayta tiklanuvchi energiyaga oʻtish bloklari asosida tashkil etildi. Oʻzbekistonning sanoat va energetika koʻrsatkichlari tahlil qilinib, qayta ishlash sanoati hamda qayta tiklanuvchi elektr energiyasi ulushlaridagi ijobiy oʻzgarishlar yoritildi. Ishlab chiqarish va togʻ-kon sanoati ulushlari nisbati hamda qayta tiklanuvchi generatsiya ulushi hisoblandi. Tabiiy gazni tejashning iqtisodiy imkoniyatlari muhokama qilindi. Metodologiyani hududlarning resurs xususiyatlariga moslashtirish yoʻnalishlari koʻrib chiqildi. Qayta ishlash, inson kapitaliga investitsiyalar va yashil sanoat hududlarini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar shakllantirildi. Resurslardan foydalanishda avlodlararo manfaatlarni hisobga olish taʼkidlandi.

Сведения · Details