Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 09, с. 38-45
MINTAQADA EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Ekologik xavfsizlik mintaqaviy iqtisodiy tizimning barqaror ishlashi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi uchun qulay yashash muhitini shakllantirish va kelajak avlodlar manfaatlarini ta’minlash bilan uzviy bog’liq jarayon sifatida qaraladi. Tadqiqotda davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, moliya institutlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi o’rni tizimlashtirilgan. SHuningdek, ekologik soliq va to’lovlar, ekologik investitsiyalar, imtiyozli kreditlar, davlat-xususiy sheriklik, «yashil» moliyalashtirish, ekologik monitoring va rag’batlantirish vositalaridan iborat integratsiyalashgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif etilgan. Tadqiqot natijasida mintaqaviy ekologik xavflarni baholash va ekologik loyihalarni moliyalashtirishni bog’lovchi mexanizmning kontseptual modeli ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol6_iss09/1495
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0