Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 09, с. 1-8
TIKUV-TRIKOTAJ KORXONALARINI INNOVATSION BOSHQARISHNING IQTISODIY MAZMUNI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Tikuv-trikotaj korxonalarini innovatsion boshqarishning iqtisodiy mazmuni va oʻziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda globallashuv, texnologik taraqqiyot, isteʼmolchilar talabining oʻzgarishi va bozordagi raqobatning kuchayishi sharoitida innovatsion boshqaruvning korxonalar barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini taʼminlashdagi ahamiyati yoritilgan. Innovatsion boshqaruvning iqtisodiy mohiyati innovatsiyalarni tashkil etish, moliyalashtirish, joriy etish va tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy-boshqaruv munosabatlari tizimi sifatida asoslangan. Texnologik, mahsulot, tashkiliy, marketing va raqamli innovatsiyalarning korxona faoliyatiga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda korxonalarning raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishini koʻrsatadi. Tikuv-trikotaj korxonalarida innovatsion boshqaruvni takomillashtirishning muhim sharti sifatida texnologik va ijodiy jarayonlarni, raqamli texnologiyalarni hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini yagona tizim asosida integratsiyalash zarurligi asoslangan.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol6_iss09/1490
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0