Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 08

MINTAQALARNI STRATEGIK RIVOJLANTIRISHDA AGLOMERATSIYA SAMARALARINI ANIQLASH VA IQTISODIY BAHOLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ernazarova Nilufar Nozimjonovna

Аннотация · Abstract

Maqolada mintaqalarni strategik rivojlantirishda aglomeratsiya samaralarini aniqlash va iqtisodiy baholash yondashuvlari oʻrganildi. Tizimli yondashuv, makoniy qiyoslash va koeffitsiyentlar usuli asosida Oʻzbekiston hududlari hamda ayrim yirik shaharlarning iqtisodiy koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Axborot bazasida rasmiy statistik maʼlumotlar va sunʼiy yoʻldosh kuzatuvlariga asoslangan eʼlon qilingan baholashlardan foydalanildi. Shahar mukofoti koeffitsiyentlari hisoblanib, aholi jon boshiga mahsulotning mamlakat oʻrtacha darajasiga nisbatan farqlari koʻrsatildi. Umumiy resurslardan foydalanish, mehnat bozoridagi moslashuv va bilimlar tarqalishi aglomeratsiyaning asosiy mexanizmlari sifatida tizimlashtirildi. Namangan misolida hududiy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Transport integratsiyasi, innovatsion hududlar va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqildi. Natijalar hududiy strategiyalar uchun tahliliy asos sifatida talqin qilindi.

Сведения · Details