Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 08
KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH ZANJIRINI BOSHQARISHDA SHARTNOMAVIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada korxonalarda ishlab chiqarish zanjirini boshqarishda shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq etildi. Shartnomaning ishlab chiqarish zanjiridagi himoya, koordinatsiya, moslashuv va qiymat yaratish funksiyalari nazariy jihatdan tizimlashtirildi. Shartnomaviy munosabatlarni tashkil etishning huquqiy, institutsional va boshqaruv jihatlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida shartnomani loyihalash, ijroni monitoring qilish, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashtirish va kelishmovchiliklarni hal etish bosqichlarini qamrab olgan yopiq boshqaruv konturi ishlab chiqildi. Shartnoma shartlarini ishlab chiqarish zanjiri xususiyatlariga moslashtirish, ijro ko‘rsatkichlarini tizimli nazorat qilish hamda teskari aloqadan foydalanish zarurati asoslandi. Olingan natijalar asosida shartnoma siyosatini takomillashtirish, moslashuv bandlarini joriy etish, nizolarni bosqichma-bosqich hal qilish va ishlab chiqarish zanjiri uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol6_iss08/1487
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0