Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 08

«ASAKABANK» AJ FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH VA ARIMA MODELI ASOSIDA PROGNOZLASHTIRISH

Vafiyev Raxim Xalimjonovich

Аннотация · Abstract

Maqolada «Asakabank» AJ faoliyati samaradorligiga taʼsir etuvchi asosiy omillar - operatsion xarajatlar darajasi (CIR), kredit riski (NPL) va aktivlardan foydalanish samaradorligi (AU) - 2018–2025-yillar choraklik maʼlumotlari asosida ekonometrik jihatdan baholangan. Koʻp omilli regressiya tahlili natijalari xarajat-daromad nisbati va muammoli kreditlar ulushining aktivlar rentabelligiga (ROA) statistik jihatdan ahamiyatli salbiy taʼsirini tasdiqladi. Box–Jenkins uslubiyoti asosida qurilgan ARIMA modellari yordamida ROA, CIR va NPL koʻrsatkichlarining 2029-yilgacha prognoz qiymatlari uchta ssenariy (inersion, dinamik, pessimistik) kesimida ishlab chiqilgan. Dinamik ssenariy boʻyicha ROA 0,42 foizdan 0,51 foizgacha oshishi, CIR 73,4 foizdan 69,4 foizgacha, NPL esa 3,6 foizdan 3,2 foizgacha kamayishi prognoz qilingan. Olingan natijalar bankning transformatsiya strategiyasida samaradorlikni oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni (KPI) miqdoriy asoslashga xizmat qiladi.

Сведения · Details