Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 07
XORAZM VILOYATI TIBBIY TURIZM SALOHIYATI VA UNING JORIY HOLATINING STATISTIK TAHLILI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Xorazm viloyatining tibbiy turizm salohiyati va uning joriy holati statistik koʻrsatkichlar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida hududning sogʻliqni saqlash infratuzilmasi, turistik oqimi, xizmatlar eksporti hamda tibbiy turizmni rivojlantirishga taʼsir etuvchi omillar kompleks baholandi. Milliy va hududiy statistik maʼlumotlar qiyosiy tahlil qilinib, viloyatning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslandi. Olingan natijalar tibbiy xizmatlar sifati, turizm infratuzilmasi va xizmatlar integratsiyasini rivojlantirish hududning raqobatbardoshligini oshirishga hamda xizmatlar eksportini kengaytirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati istiqbolli rivojlanish yoʻnalishlari bilan asoslab berildi.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol6_iss07/1473
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0