Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 06

HUDA BEAUTY VA DIOR BEAUTY KOMPANIYALARINING IJTIMOIY TARMOQLARDAGI FAOLIYATINI QIYOSIY TAHLIL QILISH (Instagram, YouTube va Facebook misolida)

Xayitbayeva Maftuna G’ofurovna

Аннотация · Abstract

Maqolaning maqsadi Huda Beauty va Dior Beauty brendlarining Instagram, Facebook va YouTube platformalaridagi kommunikativ strategiyalarini qiyosiy baholash hamda auditoriya reaksiyalarining mazmuniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, kontent kuzatuvi va soddalashtirilgan sentiment tahlili usullaridan foydalanildi. Empirik baza sifatida brendlarning ochiq sahifalaridagi postlar, videolar, ko‘rishlar, layklar, izohlar va emoji reaksiyalari tanlandi. Natijalar Huda Beauty kontenti mahsulotning amaliy qo‘llanishi, bevosita muloqot va funksional yaqinlikni kuchaytirishini, Dior Beauty esa estetik mukammallik, premium imij va ramziy qiymatga asoslangan kommunikatsiyani qo‘llashini ko‘rsatdi. Sentiment tahlili Huda Beauty auditoriyasida matnli va amaliy munosabatlar, Dior Beauty auditoriyasida esa vizual-hissiy reaksiyalar nisbatan ustunligini aniqladi. Tadqiqot xulosalari kosmetika brendlari uchun platformaga mos kontent yaratish, engagement sifatini baholash va maqsadli auditoriya bilan barqaror kommunikatsiyani shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details