Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 06
XUSUSIY TIJORAT BANKLARIDA RESURSLAR MANBALARI VA ULARNING HAJMINI OSHIRISHNING ISTIQBOLLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada xususiy tijorat banklarining resurslar bazasini shakllantirish va mustahkamlash masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Banklarning barqaror faoliyati, kredit-investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirishda uzoq muddatli resurslarning ahamiyati tahlil qilinadi. Uzoq muddatli depozitlar, obligatsiyalar emissiyasi, xalqaro moliya institutlari kreditlari, davlat kafolatli mablag‘lari va bank kapitali asosiy manbalar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Resurs bazasini mustahkamlashning makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ta’sirlari, jumladan, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, inflyatsiyani pasaytirish hamda banklarning likvidligini oshirish kabi jihatlar alohida tahlil qilingan. Global moliya bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlar va raqamli iqtisodiyot sharoitida resurslarni diversifikatsiya qilishning zaruriyati asoslab berilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol6_iss06/1447
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0