Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 06
NAQD PULSIZ TO‘LOV TIZIMLARIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH VA ULARNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada naqd pulsiz to‘lov tizimlarida xavfsizlikni ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, mazkur tizimlarni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari kompleks ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekistonda elektron to‘lov vositalaridan foydalanish statistikasi tahlil qilinib, naqd pulsiz hisob-kitoblarda yuzaga keladigan asosiy xavf-xatarlar, jumladan, fishing, karta ma’lumotlarini o‘g‘irlash va ijtimoiy muhandislik hujumlari ilmiy asosda tasniflangan. Maqolada tokenizatsiya, ko‘p faktorli autentifikatsiya va kriptografik himoya usullari kabi zamonaviy texnologik yechimlar keng o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan naqd pulsiz to‘lov xavfsizligining kompleks modeli taklif qilinib, tizimni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol6_iss06/1442
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0