Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 06

AHOLINING MAHALLIY QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDAGI ISHTIROKINI KENGAYTIRISHDA DAROMAD SOLIG‘I IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH YO‘LLARI

Sabirov Mirza Qilichbayevich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada aholining mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokini kengaytirishda daromad solig‘i imtiyozlaridan foydalanishning ilmiy-amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Unda jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlarining muayyan qismini mahalliy bozorda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirish sharti bilan daromad solig‘i bazasidan chegirish mexanizmining iqtisodiy mazmuni yoritilgan. Shuningdek, mazkur soliq imtiyozining aholining investitsion faolligini oshirish, jamg‘arma mablag‘larini kapital bozoriga jalb etish, mahalliy emitentlar uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar shakllantirish hamda qimmatli qog‘ozlar bozorida talabni kengaytirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada daromad solig‘i imtiyozlarini qo‘llash orqali aholining moliyaviy faolligini rag‘batlantirish va milliy kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details