Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 05

HUDUDLARNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI TAFOVUTLARNI QISQARTIRISHDA SANOATNI HUDUDIY DIVERSIFIKATSIYA QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI

Ismailov Azizbek Ruzimaxammatovich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada hududlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni qisqartirishda sanoatni hududiy diversifikatsiya qilishning iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqotda yangi iqtisodiy geografiya, klaster nazariyasi va aqlli ixtisoslashuv yondashuvlari asosida hududiy sanoat siyosatining konseptual modeli shakllantirildi. Oʻzbekiston hududlari boʻyicha sanoat ishlab chiqarishi, investitsiyalar va hududiy tarkibiy farqlar rasmiy statistik maʼlumotlar asosida baholandi. Erkin iqtisodiy zonalar, sanoat klasterlari, lokalizatsiya dasturlari hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining hududiy iqtisodiy rivojlanishga taʼsiri o‘rganildi. Tahlillar natijasida sanoat diversifikatsiyasi hududiy iqtisodiy konvergensiyani taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va hududlar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqot asosida hududiy sanoat siyosatini takomillashtirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Сведения · Details