AHOLINI QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASHDA AGRO OZIQ-OVQAT BOZORI INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH OMILLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI
Mazkur maqolada aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda agro oziq-ovqat bozorining o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Oziq-ovqat bozori infratuzilmasining tarkibiy elementlari, ulgurji savdo tizimi, logistika markazlari, axborot-maslahat xizmatlari hamda marketing yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, talabni prognozlash bosqichlari, davlatning tartibga soluvchi roli va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oziq-ovqat bozori infratuzilmasini modernizatsiya qilish va logistik tizimlarni rivojlantirish aholi farovonligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 6, № 04
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Тoшкент дaвлaт иқтиcoдиёт универcитети