Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 5, № 11

GLOBAL ENERGETIKA BOZORIDA OʻZBEKISTON NEFT-GAZ SANOATINING STRATEGIK O‘RNI VA AHAMIYATI

Salomova Sarvinoz Salimovna

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada global energetika tizimida kechayotgan geoiqtisodiy o‘zgarishlar fonida O‘zbekistonning neft-gaz sanoati va uning xalqaro bozorlaridagi strategik o‘rni chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekistonning tabiiy gaz zaxiralari, qazib olish dinamikasi, eksport geografiyasi hamda tranzit imkoniyatlari xalqaro statistik ma’lumotlar asosida baholanib, mamlakatning energetik-geostrategik ustunliklari ilmiy asosda asoslab beriladi. Xususan, O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi Sharq (Xitoy yo‘nalishi), G‘arb (Kaspiy orqali Yevropa bozorlari) va Janub (Afg‘oniston orqali Pokiston–Hindiston bozorlariga chiqish) energetik yo‘laklarining iqtisodiy samaradorligi, geosiyosiy ahamiyati va xalqaro energetika xavfsizligidagi roli yoritiladi.

Сведения · Details