Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 5, № 10

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA BUDJET XARAJATLARINI NATIJADORLIK ASOSIDA BOSHQARISHNING NAZARIY-USLUBIY YONDASHUVLARI

Sattarov Ilxom

Аннотация · Abstract

Raqamli transformatsiya davlat budjeti xarajatlarining mazmunini o‘zgartirib, mablag‘ sarflanishini faqat smeta ijrosi bilan emas, balki erishilgan natija, foydalanuvchi uchun yaratilgan qiymat va tizimning uzoq muddatli barqarorligi bilan baholash zaruratini kuchaytirmoqda. Maqolada raqamli texnologiyalar sohasidagi budjet xarajatlarini boshqarishning nazariy asoslari natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish, jamoat qiymati, xarajat–natija aloqasi va moslashuvchan moliyalashtirish g‘oyalari asosida tizimlashtirilgan. Tadqiqotda raqamli xarajatni an’anaviy xarajat moddasidan farqli ravishda butun hayotiy sikl davomida natija yaratadigan davlat investitsiyasi sifatida talqin qilish taklif etiladi. Muallif tomonidan budjet qarorini “resurs – faoliyat – mahsulot – natija – jamoat qiymati – teskari aloqa” ketma-ketligida shakllantiruvchi nazariy model ishlab chiqilgan. Modelning asosiy xususiyati moliyaviy intizomni natijadorlikning yakuniy mezoni emas, zarur boshlang‘ich sharti sifatida ko‘rishidir. Maqola yakunida raqamli loyihalarni natija va jamoat qiymatiga qarab ustuvorlashtirishga xizmat qiluvchi moslashuvchan portfel budjetlashtirish konsepsiyasi asoslangan.

Сведения · Details