Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 5, № 09

OʻZBEKISTON TOʻQIMACHILIK SANOATINING RIVOJLANISHIDA SUNʼIY VA KIMYO TOLALARI ISHLAB CHIQARISHNING ILMIY-IQTISODIY ASOSLARI

Raximov Furqat Jalolovich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida sun’iy va kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning rivojlanish tendensiyalari, mavjud muammolar va istiqbollari tahlil qilingan. Soʻnggi yillarda mamlakatda poliester, viskoza, poliamid va akril tolalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgani, bu jarayonning sanoat modernizatsiyasi va eksport salohiyatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada shuningdek, MDH mamlakatlari va xorijiy tajriba asosida polimer sintezi, tolalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini boshqarish, “yashil kimyo” tamoyillarini ishlab chiqarishga integratsiyalash kabi ilmiy-uslubiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Yakuniy qismda Oʻzbekiston sharoitida ilmiy tadqiqotlar, vertikal integratsiya va kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details