Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 5, № 09

MINTAQA SANOATIDA RAQAMLI XIZMATLAR BOZORIDA EKSPORT VA IMPORT KO‘RSATKICHLARISH VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Norov Murodjon Maxmudovich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada mintaqa sanoatida raqamli xizmatlar bozorining eksport va import ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi hamda ushbu sohaning rivojlanish istiqbollari o‘rganiladi. Tahlillar asosida raqamli xizmatlar eksportining hududiy o‘sish sur’atlari, xizmatlar turlarining eksport va importdagi ulushi, shuningdek, asosiy hamkor davlatlar bilan raqamli xizmatlar almashinuvi ko‘rsatkichlari keltirilgan. Maqolada xalqaro tajribalar va statistika asosida O‘zbekiston sharoitida raqamli xizmatlar eksport salohiyatini kengaytirish yo‘nalishlari, texnologik bazani rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va qonunchilikni liberallashtirish zarurligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida xorijdan import qilinayotgan xizmatlar hajmining o‘sishiga sabab bo‘layotgan omillar ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy iqtisodiyotda raqamli xizmatlar savdosini rag‘batlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Сведения · Details