Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 5, № 09
XORAZM VILOYATI IQTISODIY BARQARORLIGINI TAʼMINLASHDA SANOAT TARKIBIY OʻZGARISHLARINI RIVOJLANISHI VA JORIY HOLATI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Xorazm viloyati iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarining ahamiyati va ularning hozirgi rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqa iqtisodiyotining tarmoqlararo muvozanatini mustahkamlash, sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish va energiya samaradorligini oshirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Maqolada xalqaro manbalar, rasmiy statistik ma’lumotlar hamda Xorazm viloyati iqtisodiyotining so‘nggi yillardagi rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida sanoat tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, viloyatda energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘sishi mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va sanoat infratuzilmasini modernizatsiya qilish mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning yangi bosqichiga zamin yaratmoqda.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol5_iss09/1206
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0