Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2026, т. 6, № 08

HUDUDLARARO IQTISODIY TAFOVUTLARNI QISQARTIRISHDA MAHALLIY DAROMAD BAZASINI KENGAYTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ismailov Azizbek Ruzimaxammatovich

Аннотация · Abstract

Maqolada hududlararo iqtisodiy tafovutlarni qisqartirishda mahalliy daromad bazasini kengaytirishning nazariy asoslari va tashkiliy mexanizmlari oʻrganildi. Tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, nisbiy tafovut koeffitsiyenti va tarkibiy ulushlar hisobidan foydalanildi. Oʻzbekiston hududlaridagi aholi daromadlari, Davlat budjeti tushumlari hamda tashabbusli budjet natijalari tahlil qilindi. Mahalliy daromadlarni shakllantirishda fiskal salohiyat, hududiy ragʻbatlar va fuqarolar ishtirokini birlashtirgan konseptual model ishlab chiqildi. Mol-mulk, yer va daromad soliqlarining mahalliy moliyaviy resurslarni mustahkamlashdagi imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Raqamli kadastrni takomillashtirish, tenglashtiruvchi transferlarni fiskal salohiyat bilan bogʻlash va qoʻshimcha tushumlardan infratuzilmani rivojlantirishda foydalanish yoʻnalishlari taklif etildi. Natijalar hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda mahalliy moliya mexanizmlarini takomillashtirish uchun nazariy asos sifatida umumlashtirildi.

Сведения · Details