Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 5, № 08

SHAXSIY SUG‘URTA XIZMATLARINING DINAMIKASI VA TARKIBIY O‘ZGARISHLARI

Shukurova Sarvinoz Abdivaxobovna

Аннотация · Abstract

Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston sug‘urta bozorida shaxsiy sug‘urta xizmatlarining rivojlanish dinamikasi va tarkibiy o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sohaning so‘nggi yillardagi o‘sish sur’atlari, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning shaxsiy sug‘urtaga ta’siri hamda hayot sug‘urtasi, sog‘liqni sug‘urtalash, baxtsiz hodisalardan sug‘urta kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, aholining sug‘urta madaniyati va talabining ortib borishi, davlat tomonidan yaratilayotgan huquqiy-me’yoriy baza hamda xususiy sug‘urta kompaniyalari faoliyatining kengayishi natijasida shaxsiy sug‘urta segmentida yangi mahsulotlar va xizmatlar paydo bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Olingan natijalar asosida shaxsiy sug‘urta xizmatlari tarkibidagi diversifikatsiya jarayonlari, bozor ishtirokchilarining ulushi hamda istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha ilmiy xulosalar beriladi. Ushbu tadqiqot natijalari sug‘urta siyosatini takomillashtirish, aholining moliyaviy himoyasini kuchaytirish hamda sug‘urta kompaniyalari uchun samarali strategiyalar ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Сведения · Details