Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 5, № 01

MARKAZIY OSIYODA TRANSFORMATSION MUAMMOLAR: LOGISTIKA MISOLIDA

Qoʻchqorova Muxlisaxon Ulug’bek qizi

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada Markaziy Osiyodagi transformatsion masalalar, ayniqsa, logistika sohasidagi qiyinchiliklar o‘rganilgan. Mintaqadagi transport infratuzilmasining eskirganligi, chegara o‘tkazish punktlaridagi to‘sqinliklar, siyosiy barqarorlik va xavfsizlikka doir masalalar logistika jarayonlarining samaradorligini pasaytiradi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning yetarli darajada rivojlanmaganligi va yangi texnologiyalarni joriy etish zarurligi ta'kidlangan. Maqolada, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, transport tizimlarini yangilash va ekologik masalalarni inobatga olish orqali logistika tarmog‘ining samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Ushbu tahlil, Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy va logistika sohasidagi o‘zgarishlarni yaxshiroq anglashga yordam beradi hamda ularning global darajadagi ta’sirini o‘rganishga qaratilgan.

Сведения · Details