Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2024, т. 4, № 11
KRIPTO VALYUTANI YORITILISHI
Аннотация · Abstract
Kripto valyutalar zamonaviy iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan yangi innovatsion texnologiyalardan biridir. Ushbu maqolada kripto valyutalarning iqtisodiy va moliyaviy tizimdagi ahamiyati, ularning huquqiy va texnologik muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda kripto valyutalarning tarixi, zamonaviy iqtisodiyotda qo‘llanilish imkoniyatlari, xavfsizlik masalalari va regulyatsiya jarayonlari o‘rganilgan. Metodologiya sifatida amaliy misollar, statistik tahlillar hamda huquqiy-me'yoriy hujjatlar tahliliga asoslangan yondashuv qo‘llangan. Tadqiqot natijalari kripto valyutalar bilan bog‘liq xavf-xatarlar va imkoniyatlarni aniqlashga, shuningdek, ularni rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Muallifning hissasi yangi texnologiyalarni iqtisodiyotga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy va nazariy asoslarni kengaytirishga qaratilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol4_iss11/815
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0