Central Asian Research Index

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2024, т. 4, № 10

AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Qodirov Iskandar Alisher o'g'li

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqot aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshirish yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi global iqtisodiyot sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari investitsiyalarni jalb qilishda ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Ushbu mavzu doirasida aksiyadorlik jamiyatlarining jozibadorligini oshirish uchun korporativ boshqaruvni yaxshilash, moliyaviy ko‘rsatkichlarni mustahkamlash, ochiqlik va shaffoflikni oshirish, yuqori malakali boshqaruv kadrlarini jalb qilish, shuningdek, kompaniya strategiyasini uzoq muddatli rivojlanish va barqarorlikka qaratish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Tadqiqotda aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar, davlatning qonunchilik bazasini rivojlantirish, investorlarga qulay sharoitlar yaratish masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va korporativ boshqaruvni kuchaytirish orqali investitsion muhiti yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur ish aksiyadorlik jamiyatlari uchun investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tahliliy ko‘rsatmalar beradi. Shu bilan birga, aksiyadorlik jamiyatlari uchun zamonaviy investitsiya boshqaruvi va jozibadorlikni oshirish strategiyalari keltirib o‘tiladi, bu esa kompaniyalarning o‘sishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.

Сведения · Details