Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2024, т. 4, № 05
MINTAQA SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI MARKETINGNI AHAMIYATI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada mintaqa sanoatini rivojlantirish jarayonida raqamli marketingning o‘rni, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari va amaliy qo‘llanilish usullari tahlil qilinadi. Raqamli marketing vositalari, jumladan SEO (Search Engine Optimization), SMM (Social Media Marketing), email marketing, kontekst reklama va B2B/B2C elektron tijorat platformalari sanoat korxonalarining mahsulotlarini keng auditoriyaga yetkazish imkonini beradi. Ayniqsa, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish korxonalari uchun internet-marketing texnologiyalarining joriy etilishi xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, maqolada Google Ads, Yandex Direct va Facebook Ads kabi raqamli reklama platformalarining sanoat sohasidagi samaradorligi tahlil qilinib, mijozlarni jalb qilish va savdoni oshirishda ularning ta’siri matematik modellar orqali baholanadi. CRM (Customer Relationship Management) tizimlarining joriy etilishi, mijozlarning talablari asosida individual yondashuv yaratish va brend sadoqatini shakllantirish kabi jihatlar ham ko‘rib chiqiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol4_iss05/591
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0