Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 2025, т. 4, № 05
KATTA MA`LUMOTLARNI TAHLILINING BIZNES QARORLARINI QABUL QILISHDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada katta ma’lumotlarni tahlil qilish biznes qarorlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirishda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Katta ma’lumotlar biznes strategiyasini shakllantirish, mijozlar ehtiyojlarini chuqurroq anglash va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. Maqola davomida turli sohalarda katta ma’lumotlardan samarali foydalanish bo‘yicha yetakchi kompaniyalarning tajribalari o‘rganilgan. Jumladan, elektron tijorat, media, ishlab chiqarish va marketing sohalarida katta ma’lumotlardan foydalanish natijasida erishilgan iqtisodiy afzalliklar yoritilgan Bundan tashqari, maqolada katta ma’lumotlar tahlilining ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishdagi ahamiyati, xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning biznes va davlat boshqaruvidagi roli, shuningdek, kelajakda katta ma’lumotlarni qo‘llash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Сведения · Details
- DOI 10.55439/afa/vol4_iss05/1226
- Журнал · Journal Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0