QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 181-186
ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI FUNDAMENTAL NAZARIY BILIMLAR BILAN RIVOJLANTIRISHDA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI TUZISH METODIKASI
TAFU Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Аннотация · Abstract
Mazkur maqola ona tili ta’limida mustaqil ta’lim va o‘quv topshiriqlarini takomillashtirishning pedagogik, psixologik va ilmiy-metodik zaruratlarini asoslash, savol va topshiriq bilan birga ona tili fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari o‘qitishga mashq tushunchasini kiritish, pragmatik yondashuv asosida tavsiflash hamda ularni vazifasi nuqtai nazardan tasniflash, amaliyotga tatbiq qilish, ona tili ta’lim mazmunini o‘qitish metodikasi bo‘yicha takomillashtirishda o‘quv topshiriqlar tizimini yaratish va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Shuningdek, maqolada mustaqil ta’lim topshiriqlarini talabalarning bilish faolligi, mustaqil fikrlash qobiliyati va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltirish masalalari ochib berilgan. Topshiriqlarni murakkablik darajasi, mazmuni va bajarish xususiyatlariga ko‘ra tabaqalashtirish, ularni reproduktiv, izlanuvchan va kreativ faoliyat asosida shakllantirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Ona tili ta’limida nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlar bilan bog‘lash, muammoli topshiriqlar, keyslar, ijodiy loyihalar va interfaol ta’lim vositalaridan foydalanishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, mustaqil ta’lim natijalarini baholash mezonlari hamda talabalarning o‘z bilimini mustaqil nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/te454e49
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0