Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2023, т. 8, с. 81-84

GIDROENERGETIKA “YASHIL IQTISODIYOT” VA IQTISODIY OʻSISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA

X.I. Isroilov

Аннотация · Abstract

Koʻplab ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va ilmiy jamoatchilik qayta tiklanuvchi energiya manbalarini global muammolarni hal etishning kaliti va insoniyatning barqaror rivojlanishiga oʻtish katalizatori, deb hisoblaydi. Ishning maqsadi – “yashil” energiya sifatida gidroelektro stansiyalarni shakllanishi va ommalashishi jarayonini tahlil qilish, uning hozirgi holati, istiqbollari va milliy iqtisodiyotlar va jahon iqtisodiyoti uchun ahamiyatini baholash. Milliy miqyosda “yashil” energiyaning rivojlanish darajasini tavsiflovchi miqdoriy ma’lumotlar keltirilgan, sabab-oqibat munosabatlari oʻrganilgan, qayta tiklanadigan energiyaning hozirgi holati va istiqbollari toʻgʻrisida xulosalar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details