QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 133-136
TALABALAR FAOLIYATIDA BADIIY IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada badiiy ijodiy tafakkur tushunchasiga ta’rif berilgan. Ijodiy tafakkurning asosiy xususiyatlari ko‘rib chiqilgan hamda talabalar faoliyatida badiiy ijodiy tafakkurni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, badiiy ijodiy tafakkurni rivojlantirishda individuallashtirish, loyiha faoliyati, fanlararo integratsiya, jamoaviy ijodiy faoliyat, innovatsion pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Maqolada talabalarning badiiy faoliyat jarayonida mustaqil qaror qabul qilishi, estetik hodisalarni shaxsiy nuqtayi nazardan talqin etishi va o‘z ijodiy mahsulotini tanqidiy baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ijodiy muhitni tashkil etish, talabalarning individual qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda badiiy tajribani amaliy topshiriqlar bilan boyitishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Taklif etilgan yondashuvlar bo‘lajak mutaxassislarning estetik dunyoqarashini kengaytirish, o‘ziga xos badiiy ifoda uslubini shakllantirish va ijodiy faoliyatga ongli munosabatini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ib.1863
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0