QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 129-132
O‘ZBEK VA INGLIZ JAMIYATIDA ODOB-AXLOQ TUSHUNCHASINING FALSAFIY, PSIXOLOGIK VA SOTSIOLOGIK JIHATDAN TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqola konseptual makondagi sabab-oqibat aloqalari va ularning turli xil milliy nutqlar va kommunikativ sharoitlarda suhbatdoshlar o‘rtasidagi muloqot jarayoniga ta’siri bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda muloyim va samarali muloqot vositasi sifatida nutq odob-axloq qoidalariga alohida e’tibor berildi. Kontekstual tahlil yordamida “odob” tushunchasining o‘zbek va ingliz tili madaniyati doirasidagi asosiy leksik ma’nolari va semantik, figurativ, metaforik o‘zgarishlarini aniqlandi. Shu bilan birga, axborot maydonida “xushmuomalalik” (“odob”) kalit so‘zi ishtirokidagi matnlarning parchalari ajratib ko‘rsatildi, so‘ngra o‘ziga xoslik va umumiy kayfiyatdan kelib chiqqan holda leksik ma’no va uning stilistik va obrazli tuslari talqini shakllandi. Maqolada odob-axloq me’yorlarining madaniyatlararo muloqotdagi pragmatik vazifalari, ularning shaxslararo munosabatlarni shakllantirishga ta’siri hamda milliy tafakkur bilan aloqador jihatlari ham yoritiladi. Shuningdek, axloqiy qadriyatlarning ijtimoiy tajriba orqali o‘zlashtirilishi, nutqiy xulq-atvorning madaniy shartlanganligi va turli kommunikativ vaziyatlarda xushmuomalalik vositalarining qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Olingan nazariy qarashlar o‘zbek va ingliz tillarini o‘qitishda lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish, milliy-madaniy tafovutlarni anglash hamda samarali muloqot strategiyalarini shakllantirish nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ib.1862
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0